Kasbiy mustaqillik,
kuchli himoya,
yagona jamoa.
Oʻzbekiston Yuristlar Assotsiatsiyasi – yuristlar uchun.
O‘zbekiston Yuristlar Assotsiatsiyasi – hamma uchun
Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi – mamlakatdagi yuridik kasbining shaʼnini, mustaqilligini va professional darajasini himoya qilish va rivojlantirish, yuristlar faoliyatining umumiy standartlarini ishlab chiqish, yuridik xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirishdan iborat.
Tashkilotning asosiy vazifalari:
- O‘z a’zolarining faol kasbiy va ijtimoiy faoliyati uchun shart-sharoit yaratishga ko‘maklashadi, yuridik faoliyatning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan huquqshunoslar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi, yuridik fan, ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga ko‘maklashish;
- Huquqshunoslar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga, a’zolarining moddiy, ma’naviy, psixologik, maishiy hayoti va mehnat sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek, ularning kasbiy funksiyalari mustaqilligi, ijtimoiy va huquqiy himoyasi to‘g‘risidagi qonun talablarini ta’minlashga hissa qo‘shish;
- Amaldagi qonunchilikni takomillashtirishda ishtirok etadi, qonun ijodkorligida demokratiya va oshkoralikni kengaytirish, qonun hujjatlari samaradorligini o‘rganish, uni qo‘llash amaliyotidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ijobiy tajribani joriy etishga ko‘maklashish;
- Yuristlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni kasbiy jihatdan tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish va yuristlar uchun o‘quv-seminarlar, konferensiyalar, musobaqa va tanlovlar tashkil etish;
- Qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha tushuntirishlar berish va huquqiy maslahatlar ko‘rsatish;
- Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda yuristlar manfaatlarini qonunchilik darajasida himoya qilish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
- Jamiyatning ijtimoiy jihatdan himoyasiz qatlamlariga bepul yoki arzon huquqiy xizmatlar ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash;
- O‘zbekistonda huquqiy tizim va huquqiy ta’lim sohasidagi islohotlarga faol qatnashish, qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni oshirish, fuqarolarga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntirish orqali huquqiy savodxonlikni kengaytirish;
- Yuristlar o‘rtasida kasbiy birdamlikni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashish, mentorlik va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Adolat va tenglik tamoyillarini himoya qilish yo'lida.
Yuridik sohani rivojlantirish
Oʻzbekiston Yuristlar Assotsiatsiyasi mamlakatda huquq ustuvorligini ta’minlash, yuridik kasbining sha’ni va mustaqilligini mustahkamlash.
A’zolarni qo‘llab-quvvatlash
A’zolarimizga professional o‘sish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish, xalqaro hamkorlik va qulaylik yaratadigan dasturlarni taqdim etamiz.
Qonun ustuvorligi
Fuqarolarning qonun, adliya, sud va yuridik kasbga bo‘lgan ishonchi va tushunchasini barqaror mustahkamlash.
Biz bilan bog‘laning
Yordam kerakmi, savolingiz yoki fikringiz bormi? Bizning jamoamiz sizga yordam berishga tayyor.